Karantin! Qo‘qonlik ayol o‘z uyini fohishaxonaga aylantirdi

Karantin! Qo‘qonlik ayol o‘z uyini fohishaxonaga aylantirdi

Qo‘qon shahri. 04 aprel kuni Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida T.SH.ismli ayol yashash xonadonida K.A. va M.D.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun 70 000 so‘m pul evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida ushlangan.          

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Qonunlarga rioya qiling, halol turmush tarzini tanlang, jirkanch va nopok yo‘llar bilan pul topishdan o‘zingizni tiying. Zero, halol yo‘l bilan, mehnat orqali tirikchilik qilish xalqimizga xos bo‘lgan azaliy qadriyatdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!