Kapitoliy binosi portlatib yuborilishi mumkin

Kapitoliy binosi portlatib yuborilishi mumkin

Amerika Qo‘shma Shtatlari polisiyasi o‘tgan oyda Kapitoliy binosiga qarshi halokatli hujum uyushtirgan Donald Trampning tarafdorlari binoni Prezident Jo Baydenning navbatdagi nutqi doirasida portlatib yuborishni reja qilayotganliklari haqida ma’lum qildi.

Polisiya boshlig‘i Kapitoliy binosi atrofida himoyani kuchaytirish lozimligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qora niyatning qachon amalga oshirilishi haqida sana aniq aytilmagan, ammo odatda bunday ishlar yil boshida bo‘lishi mumkin ekan.

Vashington, o‘tgan oydagi hujumdan beri misli ko‘rilmagan xavfsizlik bilan ta’minlangan. Bunga misol qilib, tikanli temirlar bilan qoplangan to‘siqlar va milliy gvardiya tomonidan boshqariladigan nazorat punktlarini keltirish mumkin.

Mart oyining o‘rtalariga qadar bu yerni 5000 nafarga yaqin harbiylar qo‘riqlashi xabar qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!