Kanadalik seysmolog Turkiyadagi zilzilalarni quruqlikdagi eng yirik zilzilalardan biri deb atadi

Kanadalik seysmolog Turkiyadagi zilzilalarni quruqlikdagi eng yirik zilzilalardan biri deb atadi

Turkiyada sodir bo‘lgan so‘nggi zilzilalar dunyoda qayd etilgan eng yirik quruqlikdagi zilzilalar qatoriga kiradi.

Bu haqda Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Viktoriya universitetining seysmologiya professori Edvin Nissen “Anadolu” agentligiga (AA) bergan intervmyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu zilzilalar “qayd etilgan eng kuchli qit’a zilzilalarining besh yoki o‘ntaligiga kiradi”.

“Ularni bunchalik halokatli qiladigan narsa Turkiyaning aholi zich joylashgan qismida miqyos va joylashuvning uyg‘unligidir”, deb tushuntirdi u.

Uning ta’kidlashicha, eng kuchli zilzilalar odatda okeanlarda sodir bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!