Kanada bosh vaziri Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

Kanada bosh vaziri Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmoqchi. Bu haqda Kanada delegasiyasidagi manbalarga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Tryudo Kiyev viloyatida joylashgan Ukrainaning Irpin shahriga kelgandi.

Tryudo Kanadadagi ukrain diasporasini Irpindagi infratuzilma ob’ektlarini tiklash uchun qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Bu haqda Irpin meri Aleksandr Markushin ma’lum qildi.

Bundan oldin AQShning birinchi xonimi Jill Bayden Ujgorodga tashrif buyurgani va u yerda Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga tashrif buyurishi kerakligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!