Kamdan kam bo‘ladigan hodisa: Eron va AQSh o‘zaro mahbuslarni almashdilar

Kamdan kam bo‘ladigan hodisa: Eron va AQSh o‘zaro mahbuslarni almashdilar

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron munosabatlari prezident Donald Tramp lavozimiga kirishganidan beri yomonlashib kelmoqda. 7-dekabr kuni bu ikki uzoq yillik dushmanlar o‘rtasida noyob hodisa yuz berdi: tomonlar o‘zlarida hibsda bo‘lgan bittadan mahbusni ozod qilishdi. Ushbu hodisa Shvesariyada bo‘lib o‘tgan.

Eron uch yildan beri josuslikda ayblananayotgan AQSh fuqarosi Xiyuye Vangni ozod qilgan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar Eronlik Masud Sulaymonini ozod qildi. U AQShning Tehronga qarshi sanksiyalarini buzganlikda ayblanayotgan edi.Tramp Tvitter orqali Eronga ushbu «juda adolatli muzokara» uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslar almashinuvi AQSh va Eron birgalikda kelishuvga erishishi mumkinligini ko‘rsatdi.

AQShning yuqori martabali mulozimining aytishicha, mahbuslar almashinuvi uch yoki to‘rt hafta davom etgan qizg‘in muzokaralar natijasi bo‘lgan. «Umid qilamizki, bu hodisa Eron bilan kelgusi aloqalar yaxshilanishiga olib keladi «,  deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!