Internetda chaqaloqligida onasi kanalizasiyaga tashlab ketgan va 17 yil kalamushlar bilan yashagan qiz haqidagi suratlar bot-bot paydo bo‘lib turadi. Surat izohida aytilishicha, qizni kalamushlar asrab olishgan va katta qilishgan.
Albatta, olimlar tomonidan kalamushlar ko‘pgina jonivorlar singari begona kalamushlarning bolalarini asrab olib, katta qilishi haqida faktlar mavjud.
Mazkur topilmani esa internet foydalanuvchilari “XX1 asr mauglisi” deb atashgan.
Yana bir internet xabarda esa ushbu qizaloq Muqaddas Quronni yirtib, toptagani uchun Alloh o‘sha zahoti uni kalamushga aylantirib qo‘ygan deyiladi.
Aslida esa mazkur surat fransiyalik haykaltarosh Patrisiya Pikkinini ( Patricia Piccinini)ning "Leather Landscape" deb nomlangan ko‘rgazmasidan olingan. Patrisiya odamlarni xarakteri jihatidan hayvonlarga o‘xshatma qilib yasaydi va bu bilan insoniyat tirik tabiatning bir bo‘lagi ekanligini, hech bir jonivorni qiynash va o‘ldirishga haqi yo‘qligini aytishga harakat qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.