JSST: Maymun chechagiga chalingan bemorlar soni 35 ming nafardan oshdi

JSST: Maymun chechagiga chalingan bemorlar soni 35 ming nafardan oshdi

Dunyo bo‘yicha maymun chechagi infeksiyasi aniqlangan mamlakatlar 92 taga yetdi. Kasallikni yuqtirganlar soni esa 35 ming nafardan oshdi.

Xavotirli jihati, ularning 7,5 ming nafari o‘tgan hafta davomida ro‘yxatga olingan bemorlardir. Ya’ni o‘sish ko‘rsatkichlari bir hafta ichida 20 foizga oshgani mutaxassislarni tashvishga solmoqda.

JSST bu haqdagi so‘nggi hisobotida o‘tgan davrda infeksiyaga chalinganlarning 12 nafari kasallikdan vafot etganini ma’lum qildi. Hozirgacha aniqlangan bemorlarning deyarli barchasi Yevropa qit’asi va AQShda yashovchilardir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, hozir mamlakatlar ushbu epidemiyaga tayyor bo‘lishi va infeksiyani jilovlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi lozim.

Profilaktika jarayonida vaksinalarning ahamiyati katta. Ammo hozir emlash vositalari tanqis. Shunga qaramay, vaksina ishlab chiqaruvchilar, qolaversa, o‘z zaxiralarini baham ko‘rishga tayyor mamlakat va tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!