JSST: Janubiy Afrikada COVID-19 yuqtirish holatlari ortmoqda

JSST: Janubiy Afrikada COVID-19 yuqtirish holatlari ortmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy Afrikada koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishiga sabab bo‘lgan ikkita yangi omikron subshtamini e’lon qildi.

«BA.4 hamda BA.5 subshtamlari jiddiyroq simptomlarni keltirib chiqaryapti deb aniq aytishga hali erta, biroq ular hali pandemiya tugamaganligining yana bir belgisidir», - dedi JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

JSST aprel oyining o‘rtalarida BA.4 hamda BA.5 subshtamlarini kuzatishni boshladi. Ularning ikkinchisi hozir dunyoda hukmronlik qilmoqda. «Aprel oyi oxirida Janubiy Afrikada sutka davomida 2650 ta COVID-19 holati qayd etilgan, ammo 1 mayga kelib 6500 dan ortiq yangi infeksiya holatlari aniqlandi va ularning soni o‘sishda davom etmoqda», - deyiladi xabarda.

Yangi shtammlar tarqalishiga qaramay, Gebreyesusning xabar berishicha, COVID-19 holatlari dunyo miqyosida pasayishda davom etmoqda, haftalik o‘limlar pandemiya birinchi boshlangan 2020 yil martidan beri eng past darajada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!