JSST ignasiz vaksinalar qachon tayyor bo‘lishini aytdi

JSST ignasiz vaksinalar qachon tayyor bo‘lishini aytdi

Koronavirusga qarshi yangi vaksinalar ignasiz va ularni xona haroratida saqlash mumkin bo‘ladi. Ular shu yilning oxiri yo kelasi yil tayyor bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti top-mutaxassisi ma’lum qildi.

«Oltitadan sakkiztagacha bo‘lgan yangi emlashlardan keyin klinik sinovlar o‘z nihoyasiga yetishi va vaksina regulyator tekshiruvidan o‘tishi mumkin», deydi JSSTning katta mutaxassisi Sumya Svaminatan.

Yangi vaksinalar yaqin bir yil ichida iste’molga kiritiladi. Dunyoga yangi immunizasiyalar kerak, zero koronavriusning yangi versiyalari yashin tezligida tarqalib, jahonni zabt etayotgan bir paytda farmkompaniyalar talabni qondira olmayapti. «Hozircha 122 mamlakat aholisini emlashni boshlagan», deya xabar beradi Bloomberg agentligi.

«Biz ixtiyorimizdagi vaksinalardan hayratdamiz. Uni yanada yaxshilashimiz mumkin. 2022 yilda vaksinalarni yaxshilash ehtiyojini ko‘ramiz, deb o‘ylayman», deb aytgan o‘zining sil va OIV tadqiqotlari bilan tanilgan atoqli hind pediatri Svaminatan.

«Tajribadagi vaksinalarning joriy guruhi muqobil texnologiyalar va yetkazish tizimlaridan foydalanadi va bir dozadan ko‘proq qilinishi kerak. Shuningdek, og‘iz orqali emlash, burunga sepiladigan sprey yoxud teriga ishqalandigan mato orqali emlash tajribalari ham o‘tkazilmoqda. Bu alohida guruhdagi insonlar, jumladan, homiladorlarni emlashga ishlarini ancha osonlashtiradi», deydi Svaminatan.

Odamlarda 80dan ortiq vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda va ularning ba’zilari hali boshlang‘ich bosqichda. Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan kompaniyalar allaqachon preparatning so‘nggi oylarda tarqalib ketayotgan yangi shtammlariga qarshi yangilangan versiyalari ustida ishlashni boshlab yuborishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!