JSST: Gripp epidemiyasidan ko‘proq keksalar va bolalar aziyat chekmoqda

JSST: Gripp epidemiyasidan ko‘proq keksalar va bolalar aziyat chekmoqda

🩺 Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida mavsumiy epidemiyalar avj olmoqda. Xususan, Yevropa sog‘liqni saqlash tuzilmalari mintaqada keng tarqalayotgan gripp xastaligidan xavotirda. Eng yomoni, bu holat koronavirus pandemiyasining shiddatli to‘lqini bilan birga kechyapti.

📑 Shundan kelib chiqib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Yevropa sog‘liqni saqlash idoralari vakillari qo‘shma bayonot e’lon qildi.

▶️ “Mintaqamizda gripp virusining “A” va “B” turlari sirkulyasiyasi allaqachon kuchaygan. Epidemiya asosan keksalar, surunkali xastaliklarga chalingan kishilarda og‘ir asoratlarni keltirib chiqarmoqda. Qolaversa, infeksiya maktab yoshidagi bolalar salomatligiga ham xavf solyapti”, — deyiladi hujjatda.

📊 Qayd etilishicha, Yevropada joriy yilning oktyabr oyidan buyon shifoxonaga yotqizilganlar soni muttasil o‘sib bormoqda. Gripp tashxisi bilan gospitalizasiya qilinganlarning qariyb yarmi 55 yoshdan oshgan bemorlardir.

🔬Bundan tashqari, “ko‘hna qit’a”dagi 23 davlat kasalxonalarida muolaja olayotganlarning 85 foizida grippning “B” turi aniqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, bu turdagi virusdan to‘rt va undan kichik yoshdagi bolalar ko‘proq zarar ko‘rishi tibbiy amaliyotda qayd etilgan. Qolaversa, Yevropaning 20 ta davlatida respirator sinsitial viruslarning faollashgani kuzatilmoqda.

“Ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslik kerak. Mintaqa bo‘ylab emlash dasturlarini yanada kuchaytirishimiz zarur” — deyiladi qo‘shma bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!