JSST G‘azodagi salomatlik holatini halokatli deb atadi

JSST G‘azodagi salomatlik holatini halokatli deb atadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus favqulodda vaziyatlar kengashi yig‘ilishida G‘azo sektoridagi salomatlik holatini halokatli deb atadi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir anklavdagi sharoitlar o‘limga olib keladigan kasalliklar tarqalishi uchun ideal.

"Umuman olganda, sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ehtiyoj G‘azo sektorida keskin oshdi va sog‘liqni saqlash tizimining salohiyati avvalgiga nisbatan uchdan biriga kamaydi", dedi Gebreyesus.

Bundan oldin Gebreyesus G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni tasvirlashga so‘z yo‘qligini aytgandi.

2 dekabr kuni JSST guruhi G‘azo sektori janubidagi Nassar kasalxonasiga tashrif buyurdi. U yerda ming nafar bemor bor, bu ruxsat etilgan odam sonidan uch barobar ko‘p. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Barselonadagi O‘rta yer dengizi forumi ittifoqining yig‘ilishidan so‘ng Falastin-Isroil mojaro zonasidagi vaziyat haqida gapirar ekan, ertaga mavjud bo‘lmaganlarga gumanitar yordam ko‘rsatishni ma’nosiz deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!