JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 5 foizga kamaydi

JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 5 foizga kamaydi

📉 Shu yil 14-20-noyabr kunlarida Yer yuzi bo‘yicha 2,4 milliondan ortiq kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Ulardan 7,8 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

📑 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 5 foiz, o‘limlar soni esa 13 foizga kamaygan.

📊 Sezilarli o‘sish dinamikasi Janubi-Sharqiy Osiyo (+ 8 foiz), Janubiy va Shimoliy Amerika (+3 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. O‘lim holatlari esa Afrika (+24 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (+13 foiz) mintaqasi davlatlarida ko‘paydi.

O‘tgan haftada eng ko‘p bemorlar ro‘yxatga olingan mamlakatlar:

🇯🇵 Yaponiya — 593 ming,
🇰🇷 Janubiy Koreya — 364 ming,
🇺🇸 AQSh — 274 ming,
🇫🇷 Fransiya — 186 ming,
🇨🇳 Xitoy — 158 ming.

Eng ko‘p bemorlar o‘limi qayd etilgan davlatlar:

🇺🇸 AQSh — 2 202,
🇯🇵 Yaponiya — 702,
🇨🇳 Xitoy — 476,
🇫🇷 Fransiya — 441,
🇷🇺 Rossiya — 430.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!