JSST davlatlarga COVID-19ni aniqlaydigan 120 million ekspress-test tarqatmoqchi

JSST davlatlarga COVID-19ni aniqlaydigan 120 million ekspress-test tarqatmoqchi

Keyingi olti oy ichida kam daromadli va o‘rta daromadli mamlakatlarga virusni aniqlaydigan 120 millionta arzon, sifatli va tezkor ekspress-testlar beriladi

Bu haqda maxsus brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi. «Biz COVID-19 virusini qanchalik tez aniqlasak, shunchalik tez xavfli virusni yuqtirgan odamlarni ajratib, davolay olamiz», - dedi u.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, testning yangi usuli taxminan 15-20 daqiqada ishonchli natijalarga erishishga imkon beradi. Shu bilan birga, yangi test arzonroq va murakkab texnik jihozlarni talab qilmaydi.

«Bu tibbiy laboratoriyalar va o‘qitilgan mutaxassislar bo‘lmagan joylarda test olishni kengaytirishga imkon beradi», - dedi Tedros Adhanom Gebreyesus.

Ayni paytda bitta ekspress-testning narxi taxminan besh AQSh dollarini tashkil etadi. Bu avvalgi testlardan ancha arzon. JSST narxlarning pasayishi davom etishini bashorat qilmoqda.

JSST rahbarining ta’kidlashicha, 120 million sinovni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xamda Bill va Melinda Geyts fondi tomonidan imzolangan.

«Rasman tasdiqlangan kelishuv mavjud, loyihani moliyalashtirish boshlandi va endi ushbu testlarni to‘liq sotib olish uchun zarur mablag‘ni jalb qilish kerak», - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!