​JSST COVID-19ning yangi shtammini «Omikron» deb nomladi

​JSST COVID-19ning yangi shtammini «Omikron» deb nomladi

JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atadi.

Tashkilot ushbu shtammni "tashvish uyg‘otuvchi variant" sifatida tasnifladi. Ta’kidlanishicha, ushbu shtammda 32 ta mutasiya mavjud bo‘lib, ulardan ba’zilari tashvish uyg‘otmoqda.

Ilk bor B.1.1.529 shtammi JARda qayd etilgan. U Botsvana, Isroil, Gonkong va Belgiyada ham aniqlangan.

JSST hozirgi PZR testlari ushbu shtammni aniqlay olishini ta’kidladi.

Dastlabki ma’lumotlar boshqa shtammlarga qaraganda ushbu variant bilan qayta infeksiyalanish xavfi yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar hozirda yangi shtamm haqida ma’lumot yig‘ishmoqda. Xususan, ularning vazifasi hozirda qo‘llanilayotgan COVID-19ga qarshi vaksinalar undan qanchalik himoyalashini aniqlashdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!