Joriy yilning 1-choragida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1832 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi

Joriy yilning 1-choragida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1832 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi

Joriy yilning 1-choragida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1832 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev energetika tizimida qonun hujjatlari ijrosi va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari haqida ma’lumot berdi:

Joriy yilning birinchi choragida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2 629 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan: 111,4 mln metr kub tabiiy gaz (167 mlrd 100 mln so‘m) va
111,2 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (166 mlrd 700 mln so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 333 mlrd 800 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga noqonuniy ravishda qurilgan 9 544 ta ob’ekt xatlovdan o‘tkazilib, 8 266 ta ob’ekt bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, 1 530 ta ob’ektning hujjatlari sud organlariga taqdim etildi. 402 ta ob’ektga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!