Joriy yilda 147 nafar fuqaro yo‘llarda vafot etdi

Joriy yilda 147 nafar fuqaro yo‘llarda vafot etdi

Joriy yilning 19 fevral kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati multimedia markazida jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘i Olim Saidov 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan  og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalari, oqibatlari va kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berdi.

“Respublikamiz hududida joriy yilning 18 fevral kuniga qadar sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sodir etilgan hodisalar soni 10,5 foizga yoki 656 tadan 587 taga, ularda vafot etganlar soni 16,1 foizga yoki 168 nafardan 141 nafarga, tan jarohati olganlar soni 4,2 foizga yoki 597 nafardan 572 nafarga kamayishiga erishilgan bo‘lsada, yo‘llarimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari soni hanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda” dedi O.Saidov.

Shuningdek, brifingda bugungi kunga qadar respublika hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarida jami 147 nafar fuqaro vafot etganligi alohida qayd etildi.

Bu kabi nohush holatlarni barvaqt oldini olish maqsadida, IIV YHXBB rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan 29 ta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha profilaktik-amaliy chora tadbirlar belgilanib, ularning kunlik ijrosi bo‘yicha nazorat qilib borish yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Brifing davomida jurnalistlar sohaga oid ayrim muammoli vaziyatlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha takliflar ham berishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!