Jizzaxda yuk avtomobilida yong‘in chiqdi

Jizzaxda yuk avtomobilida yong‘in chiqdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16 noyabr kuni soat 10:45larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Qassoblik mahallasi, Sharof Rashidov shox ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “HOWO” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatib tushishga ulgurgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yuk avtomobilining salon va dvigatel qismlari yong‘indan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!