Jizzaxda qizni fohishalik uchun Turkiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol sud qilindi

Jizzaxda qizni fohishalik uchun Turkiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol sud qilindi

Xabarga ko‘ra, U.F. 2017 yilda pul topish maqsadida Turkiyaga borgan. U yerda L. ismli ayol bilan tanishgan. L. fohishaxona tashkil qilib, yosh qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib kelgan. U bir necha bor U.F.ga ham fohishalik bilan shug‘ullanishni taklif qilgan, lekin u rozi bo‘lmagan. 2018 yilda U.F. L.dan 400 dollar qarz olib, O‘zbekistonga qaytgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng L. unga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilib, qarzini berishini talab qilgan. 2021 yil mart oyi boshlarida L. unga qo‘ng‘iroq qilib, qarzini so‘ragan, u esa puli yo‘qligini ta’kidlagan. Shunda L. agar Turkiyaga 1 nafar qiz yuborsa, qarzidan voz keshini aytgan. U.F. uning shartiga rozi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, mart oyida u Z. ismli qizga mazkur taklifni aytgan, taklifiga ko‘nsa, yo‘l xarajatlarini o‘zi to‘lab berishini, u yerda ishlagan birinchi oylik maoshidan bilet haqini to‘lab berishini, shundan so‘ng har bir qabul qilgan «mijozi» uchun olgan pulini teng ikkiga bo‘lishini, u yerda tez orada boyib ketishini ta’kidlagan.

Shundan so‘ng Z. bu haqda IIB xodimlariga ma’lum qilgan. U jinoyatni fosh etishda xodimlarga yordam berishini bildirgan. Oradan bir-ikki kun o‘tganidan so‘ng Z. unga qo‘ng‘iroq qilib, uning shartlariga rozi ekanini bildirgan. Ular 7 aprel kuni aeroportga yetib borgan. Shunda U.F. Samarqand xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga uchirib yuborish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, sud ayblovchining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqqan. Shunga muvofiq F.U. jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazo tayinlangan.

Avvalroq Xorazmda 3 nafar qizni Dubayga fohishalikka yuborayotganlar ushlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzaxda 3 nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan yigit ushlangani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!