Jizzaxda «Cobalt» yonib ketdi

Jizzaxda «Cobalt» yonib ketdi

2022 yil 10 avgust kuni soat 22:00larda, Jizzax shahar «Olmazor» MFY hududida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda «Cobalt» yonib ketdi.

Jizzax viloyati SH.Rashidov tumani Paxtaobod QFYda yashovchi haydovchi «Nexia» rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, chorrahadan chapga qayirilib olayotgan, Jizzax viloyati SH.Rashidov tumani Paxtaobod QFYda yashovchi haydovchi boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasining orqa tomonidan kelib urilgan.

Natijada «Cobalt»da yong‘in kelib chiqqan. Ushbu yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomashina to‘liq yonib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB hamda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!