Jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi

Jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 26 aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida «O‘zsanoatqurilishbank» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida «Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llashning samaradorligi» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8-9 aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida «Basalt Uzbekistan» klasteri tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llashni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ushbu yo‘nalishda konferensiya va forumlar o‘tkazish topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!