Jigarni yaxshilovchi va ortiqcha vaznni tashlashga yordam beruvchi mahsulot ma’lum qilindi

Jigarni yaxshilovchi va ortiqcha vaznni tashlashga yordam beruvchi mahsulot ma’lum qilindi

Janubiy koreyalik olimlar qora (yovvoyi) guruch ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam berishi va semirishning oldini olishi haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda Food News portali ma’lum qildi.

Ilmiy guruh ortiqcha vaznga ega tajriba sichqonlarida tadqiqot o‘tkazdi. Tajriba davomida sichqonlarga qora guruch berilgan.

Aniqlanishicha, ushbu guruchni iste’mol qilish jigarda va yog‘ to‘qimalarida lipidlar (yog‘lar) to‘planishi va xolesterin darajasini kamaytiradi. Shu tariqa, qora guruch yuqori kaloriyali oziq-ovqat iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradi va ortiqcha vazn to‘plash tezligini kamaytiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, qora guruchda oq guruchga nisbatan ko‘proq miqdorda antioksidantlar, oqsil, kletchatka (biriktiruvchi to‘qima) va kam miqdorda shakar bor. Bundan tashqari, qora guruchning glikemik indeksi (qondagi shakar miqdoriga ta’siri) 42,3ni, oq guruchniki esa 64ni tashkil qiladi. Bularning barchasi qora guruchni sog‘liq uchun bezarar holda ochlik hissini uzoq vaqt qondirishga imkon beruvchi parhez mahsulot qiladi.

Qora guruchning ilmiy nomi suv sisaniyasi bo‘lib, boshoqli o‘simliklar oilasiga kiradi. Soddaroq aytadigan bo‘lsak, u 1,5-3 metrgacha balandlikka yetadigan botqoq o‘simligi bo‘lib, oddiy guruchning yaqin turdoshi hisoblanadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!