JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Eron bilan durang qayd etdi

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Eron bilan durang qayd etdi

Osiyoda JCH-2026 ikkinchi saralash bosqich so‘nggi turi doirasidagi navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy jamoasi safarda Eronga qarshi saf tortdi.

Tehrondagi «Ozodi» o‘yingohida o‘tgan bahs oldidan har ikki jamoa muddatdan avval guruhdan keyingi bosqichga yo‘l olish masalasini hal qilgan bo‘lsa-da, bahs murosasiz va keskin kurashlar ostida o‘tdi.

Srechko Katanes shogirdlari forslarga qarshi uchrashuvda raqibdan hech bir jabhada qolishmay, gohida maydonda ustunlik ham qila olishdi. Birinchi bo‘limda deyarli yakkama-yakka vaziyatda Oston O‘runovdan omad yuz o‘girdi.

Ikkinchi bo‘limda Eldor Shomurodov o‘rniga Abbosbek Fayzullayev maydonga tushgach, hujumkorlik pasaygani yo‘q. Ammo Eronni muxlislari qarshisida mag‘lub etishning imkoni topilmadi. Toshkentdagi bahsda bo‘lgani kabi kuchlar teng keldi – 0:0.

Shu tariqa, Eron va O‘zbekiston E guruhini 14tadan ochko bilan yakunlab, forslar peshqadam sifatida, vakillarimiz esa 2-o‘rin bilan hal qiluvchi bosqichga yo‘llanma oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!