JCH—2021. O‘zbekiston futzal terma jamoasidan yana alamli mag‘lubiyat

JCH—2021. O‘zbekiston futzal terma jamoasidan yana alamli mag‘lubiyat

O‘zbekiston futzal terma jamoasi 15 sentyabr kuni Jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik futzalchilar ikkinchi turda Rossiyaga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limda rossiyaliklar ikkita to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda Davron Choriyev va Mashrab Odilov gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Biroq tajribali Rossiya terma jamoasi Niyazovning ikkita golidan keyin hisobni 2:4 ko‘rinishiga keltirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr terma jamoasi Gvatemalani 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa keyingi bosqich masalasi so‘nggi turga qoldi. O‘zbekiston 18 sentyabr kuni so‘nggi turda Misrga qarshi bahs olib boradi.

JCH—2021

2-tur bahsi

15 sentyabr, chorshanba

O‘zbekiston — Rossiya 2:4

Gollar: 0:1 — 10 Robinyo, 0:2 — 11 Niyazov, 1:2 — 21 Choriyev, 2:2 — 27 Odilov, 2:3 — 34 Niyazov, 2:4 — 34 Niyazov.

O‘zbekiston: Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev

Zaxira: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Xushnur Erkinov, Sunnatilla Jo‘rayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!