JARdagi otishmada 8 kishi halok bo‘ldi

JARdagi otishmada 8 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasining Gebexa shahrida sodir bo‘lgan otishmada sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy polisiya xabar bermoqda.

Dastlabki tergovga ko‘ra, yakshanba kuni soat 17:00 dan keyin uy egasi sharafiga tug‘ilgan kuni o‘tkazilayotgan hovliga qurollangan ikki kishi kirib, tartibsiz o‘q uzgan.

Oqibatda uch ayol va to‘rt nafar erkak halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi o‘q jarohati oldi, noxush ziyofat mehmonlaridan biri kasalxonada vafot etdi. Qurbonlar orasida uy egasi ham bor.

Polisiya gumondorlarni qidirmoqda va hujum holatlarini o‘rganmoqda. Hozircha hech kim hibsga olinmagan. Mahalliy polisiya rasmiy vakiliga ko‘ra, hujumchilarning ham, halok bo‘lganlarning ham shaxsini aniqlash zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!