Janubiy Koreya va Germaniya davlatlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Janubiy Koreya va Germaniya davlatlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro A.J. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga o‘qishga yuborish hamda viza hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqaro B.Dni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 000 AQSh dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga yuborishini aytib, shundan 500 AQSh dollari va 2,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!