Janubiy Koreya Markaziy Osiyoda o‘z “Ipak yo‘li”ni qurmoqchi

Janubiy Koreya Markaziy Osiyoda o‘z “Ipak yo‘li”ni qurmoqchi

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boshladi. Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga rejalashtirilgan tashrifning asosiy maqsadi noyob tuproq metallari yetkazib berish, sanoat tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratilgan.

10 iyun kuni boshlangan safar 15 iyunga qadar davom etadi. Ashxobodda Koreya rahbari Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashib, hamkorlik memorandumini imzolaydi. Ostonada esa martabali mehmon Qosim-Jomart Toqayev va Qozog‘istonda istiqomat qiluvchi etnik koreyslar vakillari bilan uchrashadi. Yun Sok Yol Toqayev bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish mavzusini ham muhokama qiladi.

Koreya Respublikasi yetakchisining mamlakatimizga tashrifi dasturidan Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘rin olgan. Yaqin hamkor ikki davlat rahbarlari qo‘shma biznes-forumda ham ishtirok etadi.

Umuman, janob Yun Sok Yol erkinlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlash maqsadida Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo “Silk Road-K” tashabbusini ilgari surish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!