Janubiy Koreya: kasalxonadagi yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreya: kasalxonadagi yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Incheon shahridagi shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Yonhap.

Yong‘in juma kuni ertalab soat 10:17 da (Toshkent vaqti bilan 06:17) to‘rt qavatli binoning yuqori qavatida sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida binoda 46 kishi bo‘lgan. O‘lganlar orasida uch bemor va bir hamshira ham bor.

Oradan bir soat o‘tib yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!