Janubiy Afrika Respublikasi Putinni Xalqaro jinoiy sud qaroridan himoya qilmaydi

Janubiy Afrika Respublikasi Putinni Xalqaro jinoiy sud qaroridan himoya qilmaydi

Janubiy Afrika Respublikasi BRIKS sammiti ishtirokchilariga diplomatik immunitetni kafolatladi. Ammo u Putinni Xalqaro jinoiy sud qaroridan himoya qilmaydi

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil avgust oyida Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti ishtirokchilari diplomatik immunitetga ega bo‘lishlarini, biroq u "hech qanday xalqaro tribunal" orderi bo‘yicha hibsga olinishidan himoya qilmasligini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitiga taklif qilingan, unga qarshi Xalqaro jinoiy sud Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportasiya qilishda gumon qilib, hibsga olish uchun order bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!