Jahon mamlakatlarining davlat qarzi 2024 yilda 100 trillion dollardan oshadi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotiga ko‘ra, joriy yilda dunyodagi barcha mamlakatlarning davlat qarzi 100 trillion dollardan oshishi kutilmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotining 93 foiziga teng.
- Jahon mamlakatlarining davlat qarzi juda yuqori darajada. 2024 yilda u 100 trillion dollardan oshishi kutilmoqda (jahon yalpi ichki mahsulotining 93 foizi) va o‘n yillik oxirigacha o‘sishda davom etadi (2030 yilga borib YAIMning 100 foiziga yaqinlashadi), -deyiladi XVJ hisobotida.
Garchi mamlakatlarning uchdan ikki qismining qarzlari barqarorlashishi yoki hatto kamayishi mumkin bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich pandemiyadan oldin bashorat qilingan darajadan sezilarli darajada yuqori bo‘lib qoladi, deya ta’kidlaydi XVJ.
- Qarzlari barqarorlashishi prognoz qilinmagan mamlakatlar global qarzning yarmidan ko‘pi va jahon yalpi ichki mahsulotining taxminan uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Kelajakdagi qarz darajasi hozirgi prognozdan yuqori bo‘lishi mumkinligiga ishonish uchun jiddiy sabablar bor, - deydi mutaxassislar.
Hisobotga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklarda byudjet masalalari bo‘yicha siyosiy munozaralar tobora ko‘proq davlat xarajatlarini ko‘paytirishga o‘tmoqda. Yashil iqtisodiyotga o‘tish, aholining qarishi, shuningdek, xavfsizlik va umuman rivojlanish masalalarini hal qilish uchun mablag‘ sarflashga ehtiyoj ortib bormoqda.
Biroq, qarzni barqarorlashtirish yoki kamaytirish, ehtimol, hozirda rejalashtirilganidan ko‘ra kattaroq moliyaviy tuzatishlarni talab qiladi.