Jahon chempionatining ochilish marosimida Makronga xushtak chalishdi va haqorat qilishdi

Jahon chempionatining ochilish marosimida Makronga xushtak chalishdi va haqorat qilishdi

Fransiyada bo‘lib o‘tgan regbi bo‘yicha Jahon kubogining ochilish marosimida so‘zlayotgan prezident Emmanuyel Makronga tomoshabinlar xushtak chalishdi.

Bu haqda “Le Parisien” nashriga xabar bermoqda.

Marosimda jahon regbi prezidenti Bill Bomont so‘zga chiqdi. Keyinroq Makron podiumga taklif qilindi. O‘sha paytda tomoshabinlar unga hushtak chalishdi.

Uning chempionatning barcha ishtirokchilarini va Fransiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirig‘idan so‘nggina tribunadagilar hushtakbozlik qilishni bas qilishdi.

“AFP” agentligi, o‘z navbatida, Marsel va Parijning muxlislar zonalarida davlat rahbariga nisbatan hushtak va haqoratlar eshitilganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!