“Jaguar” elektr transport vositalari ishlab chiqarishga o‘tmoqda

“Jaguar” elektr transport vositalari ishlab chiqarishga o‘tmoqda

Britaniyaning “Jaguar Land Rover” avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2025 yilga qadar to‘liq elektr transport vositalari ishlab chiqarishga o‘tadi. Bu haqda TASS kompaniyaning bayonotiga asoslanib yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya o‘z bayonotida hashamatli elektromobillar ishlab chiqarishi kerakligini ta’kidlagan va sotiladigan “Land Rover” avtomobillarining 60 foizida 2030 yilga qadar elektr quvvat agregatlari bo‘lishini qayd etgan.

Kompaniya, shuningdek, besh yil ichida oltita elektr “Land Rover” modelini taqdim etishga va’da bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!