Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining matbuot kotibi tayinlandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining matbuot kotibi tayinlandi

Jangirov Jo‘rabek Qarshiyevich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

J.Jangirov "Ma’rifat" hamda "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetalarida, Yozuvchilar uyushmasida, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida turli lavozimlarda, shuningdek, Matbuot va axborot agentligida matbuot kotibi – axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!