Italiyada qurg‘oqchilik yuz bermoqda

Italiyada qurg‘oqchilik yuz bermoqda

Italiyaning qator mintaqalari qurg‘oqchilik sabab tabiiy ofat rejimini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Mamlakatning shimoliy va markaziy qismida anchadan buyon yog‘ingarchilik bo‘lmayapti.

Rainews 24 telekanalining xabar berishicha, Italiya hukumati dushanba kuni majlis o‘tkazgan. Majlisda tegishli vazirliklar, jumladan, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy rivojlanish va hududlar ishlari bo‘yicha vazirliklari hamda fuqaro mudofaasi xizmati vakillari ishtirok etgan. Mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilish taklifi ushbu majlisda e’lon qilingan.

Eng katta xavf Pyemont va Lombardiya viloyatlariga tahdid solmoqda, deyiladi xabarda. Ushbu viloyatlarda Po daryosi oqib o‘tadi, bu yil yog‘ingarchilik kam bo‘lgani va Alp tog‘ida qor kamligi bois ayni paytda daryoda suv zaxirasi 70 yil ichida eng quyi darajasiga tushib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!