Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Florensiya shahridagi tarixiy “Palasso Strossi” qasrida tarixchi va sharqshunos olimlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirokida tashkil etilgan marosimda Boburning hayoti va ijodi, “Boburnoma” asarining mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbirda italiyalik atoqli olim, professor Franko Kardini, “Palasso Strossi” majmuasi prezidenti, Italiya Senati a’zosi Rekardo Nenchini, “Sandro Teti Editore” nashriyoti rahbari Sandro Teti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vise-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so‘zga chiqib, “Boburnoma”ning ushbu mamlakatda nashr etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy aloqalar rivojida muhim voqea bo‘lganini ta’kidladilar.

– “Boburnoma”ni ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat arbobi Bobur ijodining durdonasi, XV–XVI asrlarda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron hududlarida sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida hikoya qiluvchi o‘ziga xos noyob ensiklopediya deb atash mumkin, – dedi Rekardo Nenchini. – XVIII asr boshlaridayoq “Boburnoma” Yevropa tillariga tarjima qilina boshlangan. Bugun biz taqdimot marosimini o‘tkazayotgan ushbu nashr italyan va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi adabiy va madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalarining samarali va yorqin namunasi sifatida dunyoga keldi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga juda katta hissa qo‘shmoqda. Albatta, biz uchun Sharq, xususan, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk shaxslar hayoti va faoliyatini o‘rganish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

– O‘zbekiston rahbari janob Shavkat Mirziyoyevning so‘zboshisida qayd etilganidek, Italiya ilmiy va madaniy jamoatchiligining buyuk shoir va qomusiy olimning bebaho merosi, o‘zbek davlatchiligining uch ming yillik tarixi bilan tanishuvi xalqingizning ma’naviy olami, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar mohiyatini anglashga yordam beradi. Asarni italyan tilida nashr etish jarayoniga malakali tarjimonlar, muharrirlar va dizaynerlar guruhi jalb etildi. Kitobning dunyoga kelishiga munosib hissa qo‘shgan barcha do‘stlarimizga, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovga, italiyalik taniqli turkiyshunos olim, professor Federiko De Rensi, tarjimon Federiko Pastore, atoqli italyan olimi va adibi Franko Kardini singari fidoyi insonlarga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman.

Ushbu muhtasham nashr boburiylar davriga oid 96 ta miniatyura bilan bezatilib, yuksak matbaa sifati bilan nashr etilgani alohida e’tiborga loyiq.

– “Boburnoma”ni xorijiy tillarga tarjima qilish muallifning hayotligi davridayoq boshlangan, – dedi Bahrom Abduhalimov. – Bugun bu o‘lmas asar Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Dante, Petrarka singari buyuk mutafakkirlar tiliga ilk bor tarjima qilindi. Bu nashr Bobur ijodining Italiyada, umuman, Yevropadagi madaniy jamoatchilik orasida, akademik doiralarda yanada keng tarkalishiga xizmat qiladi. Bu ijodiy loyihaning ro‘yobga chiqarilgani o‘zbek va italyan olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni, shubhasiz, yangi pog‘onaga ko‘taradi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov bugun Yangi O‘zbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib etishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, italiyalik hamkasblar bilan ilmiy-ma’rifiy aloqalar izchil davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

– Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli bugun dunyo jamoatchiligi, jumladan, Italiya ahli ham O‘zbekistonni qaytadan kashf etmoqda. – dedi Markaz direktori. – “Boburnoma”ning italyan tiliga tarjimasi bu yo‘ldagi yangi amaliy qadamdir. Italiyada Amir Temur va temuriylarga, Bobur va boburiylar merosiga hurmat-e’tibor yuqori ekanini ko‘rib, mamnun bo‘ldik. Jumladan, Florensiyadagi Ufimsi galereyasida Sohibqiron Amir Temur bobomizning noyob portretini ko‘rib, qalbimiz g‘ururga to‘ldi. Bolonya universiteti kutubxonasida ham Ibn Sinoning bir qator qo‘lyozma asarlari saqlanadi. Safarimiz davomida ular bilan ham yaqindan tanishish rejalashtirilgan. Shuningdek, Vatikan kutubxonasiga tashrif ham ko‘zda tutilmoqda. Ishonamizki, u mashhur ilm-fan dargohida ham Vatanimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz merosiga oid yangi topilmalarga guvoh bo‘lamiz.

– “Boburnoma”ning italyan tiliga tarjimasini yirik madaniy hodisa sifatida baholash mumkin, – dedi tadbirda ishtirok etgan Italiyaning Vico kinokompaniyasi prezidenti Viktoriya Petrosyans. – O‘zbekiston madaniy merosi g‘oyat boy va rang-barang. Bizning kompaniyamiz ham bir necha yildan beri o‘zbekistonlik hamkorlar bilan bu zamindan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar hayoti haqida filmlar yaratib kelmoqda. Bizga buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilyapti. Men, ochig‘i, tarixiy merosga bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam ko‘rganman. Bu albatta har tomonlama ibratga loyiqdir.

Ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning so‘nmas xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifi tadbirlar barcha ishtirokchilar qalbida yorqin taassurot qoldirdi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Ukraina bir zarba bilan Rossiyaning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Россия армиясига қаттиқ зарба – қўмондонлик йиғилиш вақтида йўқ қилиб юборилди.

Ikkilanmay zarba beramiz: AQSh Rossiyaga ochiq tahdid qildi!

Москвага огоҳлантириш. Россия учун оғир кунлар яқинми?

Xitoyda 125 million yillik chayon topildi! Ilmiy sensasiya!

Хитойда 125 миллион йиллик чаён тошқотмаси топилди.

Rossiya AQShga rad javobini berdi: Urush tugamaydi!

Россия АҚШ таклифини қабул қилмади. Украина бўйича келишув имконияти қолмадими?

Abduqodir Husanovning narxi rekord darajada ko‘tarildi

Жаҳонга машҳур Transfermarkt интернет-портали Англия Премьер-лигасида ҳаракат қилаётган футболчиларнинг трансфер нархларини янгилади.

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Украина қўшинлари Суджадан чекинди – бу нимани англатади?

Nursulton Ro‘ziboyev: "Mashrabjonning ahvolini ko‘rib, UFC tugul, umuman boshqa jang qilishini xohlamadim"

Ўзбекистонлик UFC жангчиси Нурсултон Рўзибоев укаси Машрабжоннинг Жаред Гордонга қарши бекор бўлган жанги ҳақида гапирди.

Ukrainaning yangi daxshatli quroli ko‘rsatildi: Rossiyaga yangi "Neptun" bilan zarba berildi

Украинада 1000 километр узоқликка учувчи янги "Узун Нептун" қанотли ракетаси мавжуд ва у аллақачон уни Россияга қарши қўллади.

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

Ўтган мавсумни Қозоғистоннинг "Ордабаси" жамоасида ўтказган Жасурбек Яхшибоев Эрон чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин.

Suv ostida ko‘rilgan eng ulkan tirik mavjudot: U 34 metr uzunlikda va Napoleon davridan beri yashab kelmoqda

Океаннинг ўзидан пайдо бўлган маржон рифлари ернинг хазинаси ҳисобланади, чунки улар кўплаб денгиз жонзотларига бошпана беради ва...

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-йил якунларига кўра, Россияда табиий йўқотиш – яъни вафот этганлар ва туғилганлар сони орасидаги фарқ 596,2 минг кишини ташкил этди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Ruslar Putinga qarshi chiqdi

"Россия Путинга қарши" юриши бошланди.

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.

Bugun Rossiyadagi eng katta iftorlik o‘tkaziladi

Бугун, 19 март куни Қозон шаҳрида Россиядаги энг катта Рамазон ифторлиги ўтказилади. Бу ҳақда Татаристон мусулмонлари диний бошқармаси раиси, муфтий Камил Самигуллин РИА Новостига маълум қилди.

Rubl qulamoqda! Putin va Tramp suhbatidan so‘ng bozorlar larzaga keldi

Рубль йўналишини ўзгартириб, яна тушишни бошлади...

Putin Ukraina qo‘shinlarini tor-mor etish yakunlanayotganini e’lon qildi

Путиндан муҳим баёнот! Россия операцияни якунламоқда.

Zelenskiy Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi suhbatga munosabat bildirdi

Путиннинг Украинага ёрдам бермаслик талаблари бизни кучсизлантиришга қаратилган

Rossiya prezidenti oligarxlarni ogohlantirdi

Россия Иқтисодий ривожланиш вазирлиги Россия иқтисодиётининг ўсиши 2025 йилда деярли ярмига — 4,1 фоиздан 2-2,5 фоизгача секинлашишини тахмин қилмоқда

Telegramning faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Дуров ёзма баёнотида Telegramдан фойдаланиш ҳақида маълумот берди.

Isroil armiyasi Suriyadagi Rossiyaning sobiq kuzatuv punktini buzib tashladi

Бу ҳақда “Милитарй Обсервер” Телеграм- каналида айтилган .

G‘azodagi BMT mehmonxonasiga qilingan hujumda bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi

Америка бюроси Репорт хабарига кўра , бу ҳақда БМТ раҳбарининг расмий вакили ўринбосари Фархон Ҳақ матбуот анжуманида маълум қилди.

Tramp Eronga yangi yadroviy bitim tuzish uchun ikki oy vaqt beradi

Бу ҳақда Ахиос портали манбаларга таяниб хабар берди.

Argentinada hukumatga qarshi yangi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

“Репорт” нинг “ТАСС”ГА таяниб хабар беришича, ҳозирда майдонда 1000 га яқин одам бор, бироқ турли сиёсий ва ижтимоий ҳаракатлар байроқлари остида намойишчилар колонналари Конгресс томон юришда давом этмоқда.

O‘zbekistonga xorijliklar qanday maqsadda kelmoqda?

Статистика қўмитасига кўра, январда Ўзбекистонга 678 минг хорижий фуқаро ташриф буюрган, бу ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 30 % кўп.

Kreml Putin va Tramp muzokaralari tafsilotlarini oshkor qildi

Россия Президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Россия етакчиси Владимир Путин ва унинг америкалик ҳамкасби Дональд Трамп ўртасидаги музокаралар ҳақида гапирди.

Netanyahu G‘azoga hujum davom etishini ma’lum qildi

Исроил бош вазири телевидение орқали чиқиш қилиб, Исроил ҳарбийлари ҲАМАСга “қудратли куч” билан зарба беришини маълум қилган.

Erga kuchli va uzoq davom etuvchi magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

У 24-март кечасига яқин бошланиб, 28-мартда тугайди. Об-ҳавога таъсирчан инсонлар кучли бош оғриғи, кўнгил айниши ва чарчоқни ҳис қилишлари мумкин.

Yil boshidan buyon qancha egizak tug‘ilgani aytildi

2025 йилнинг январ-феврал ойларида ФҲДЁ органларида республика бўйича жами 135 914 та тирик туғилиш ҳолатлари қайд этилган.

Ular bir-birini topdi

Трампнинг махфий суҳбатлари фош бўлди.

Rossiya uchirgan urush droni Qozog‘istonga yetib keldi

Россия томонидан Украинага учирилган "Шаҳед" дронларидан бири Қозоғистонга қулади.

Putinning buyrug‘i: Rossiya o‘z dronlarini o‘zi urib tushirdi

Ғалати ҳолат. Россия ўз дронларини нега уриб туширди?

Qon to‘kishdan zavqlanadigan shaxs yana vazir etib tayinlandi

Бен-Гвир январь ойида ўт очишни тўхтатиш келишувига норозилик билдирган ҳолда Исроил ҳукуматидан истеъфога чиқди ва Ғазо секторида жанглар қайта бошланганидагина Нетаняху коалициясига қайтишини кўриб чиқишини айтган эди.

🔥 Kurskda Rossiyaga g‘alaba keltirgan "dron inqilobi" – yangi taktika qanday ish berdi?

Дронлар уруш қоидаларини ўзгартиряпти. Янги дрон тактикаси Россиянинг Курскдаги ғалабасини таъминлади.

Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng unga ta’rif berdi

Tramp Путин билан суҳбати ҳақида гапирди.

Zelenskiy va Tramp suhbati bir soat davom etdi

Улар нималар ҳақида суҳбатлашди?

🔴 Qonxo‘rlik: G‘azoda yahudiylar urushni qaytadan boshladi. Allaqachon 183 bolaning qoni to‘kildi

Исроилнинг янги ҳужумлари – Ғазо яна аланга ичида!

Ukraina zarba berilmasligi kerak bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatini taklif etmoqda

Путин ваъда берди, аммо ҳужумлар давом этяпти – Зеленскийдан жавоб!

AQSh Zelenskiyning o‘rniga kimni olib kelmoqchi? Bu borada yashirin harakat allaqachon boshlandi

Зеленскийнинг келажаги хавф остида. Зеленскийга муқобил номзод ким бўлиши мумкин?