IT sohasida yangi universitet ochildi

 IT sohasida yangi universitet ochildi

O‘zbekistonda IT sohasiga ixtisoslashgan “PDP University” oliy ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi. Yangi OTMga 7 iyun kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan lisenziya berilgan.

“PDP University” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan PDP (Personal Development Process) kompaniyasi tomonidan asos solindi, - deyilgan xabarda.

Ushbu universitetda talabalarga 4 yil davomida xalqaro “Pearson BTEC” o‘quv dasturi asosida barcha bilim va ko‘nikmalar beriladi.

Universitetda to‘rtta fakultet tashkil qilingan:

✔️Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va dasturlash;
✔️Ma’lumotlar tahlili;
✔️Biznes tahlili va o‘zgarishlarni boshqarish;
✔️Sun’iy intellekt yechimlari va ilovalari.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda oliygohlar soni 167 taga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!