Iste’molga yaroqsiz xamirturush mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz xamirturush mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DSQning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.YU. Marg‘ilon shahar, “Navro‘z” MFYdagi xonadonida iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan droja (xamirturush) mahsulotlarini qadoqlab sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 3 turdagi 6480 dona istemolga yaroqsiz tayyor mahsulot va 3400 kg xamirturush kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!