Iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha to‘lov intizomi mustahkamlanmoqda

Iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha to‘lov intizomi mustahkamlanmoqda

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi organlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari, shu jumladan iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzdorliklarni undirish haqidagi hujjatlarni ijro etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xuussan, boshqarma organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 474 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 25,1 mlrd. so‘m qarzdorlik amalda undirilib, elektr va gaz tarmoqlari korxonalari hisobiga o‘tkazib berilgan.

Misol uchun, Ohangaron tuman iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor "Ohangaron keramika" MCHJdan tabiiy gaz bo‘yicha muddatida to‘lanmagan 304 mln. so‘m qarzdorlikni undirish haqqidagi ijro hujjati Byuroning Ohangaron tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Hujjat bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan va belgilangan 304 mln. so‘m qarzdorlik undirilib, ta’minotchi korxona hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Boshqarma organlari tomonidan kommunal qarzdorliklarni undirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!