Istanbulda O‘zbekistonlik yigit do‘stini otib o‘ldirib qo‘ydi

Istanbulda O‘zbekistonlik yigit do‘stini otib o‘ldirib qo‘ydi

Joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan.

22 yoshli S.Gebbarov honadoshi va o‘rtog‘i U.Rahmatilloyev tomonidan otib qo‘yilgan.

S.Gebbarov bosh qismiga olingan o‘q natijasida o‘sha yerda vafot etgan. U.Rahmatilloyev esa mahalliy polisiya tomonidan ushlangan.

U.Rahmatilloyevning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan. S.Gebbarov to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.Rahmatilloyev to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.

Vafot etgan vatandoshimizning jasadini mamlakatimizga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!