Isroil va AQSh Eron zarbasiga tayyorlanmoqda

Isroil va AQSh Eron zarbasiga tayyorlanmoqda

Isroil va Qo‘shma Shtatlar «shu hafta oxirida» Eronning oldindan aytib bo‘lmaydigan ehtimoliy javob zarbasiga tayyorlanmoqda.

«Buning ma’nosi yo‘q. Isroil barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tdi. Bizning javobimiz tez va jiddiy bo‘ladi», dedi ismini oshkor qilmagan eronlik diplomat The Wall Street Journal nashriga.

Mumkin bo‘lgan keskinlashuvni hisobga olib, Pentagon Yaqin Sharqda qo‘shimcha harbiy kuchlar joylashtirilishini e’lon qildi.

Matbuot kotibi Sabrina Singxning tushuntirishicha, bu Amerika kuchlarining himoyasini yaxshilash, Isroilning mudofaa qobiliyatini oshirish va turli stsenariylarga tayyorlikni ta’minlash uchun qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!