Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

Bugun, 30 may kuni Isroil Prezidenti Isxak Gersog rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga bordi. Bu haqda Ozarbayjon rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki davlatning bayroqlari hilpirab turgan Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Isroil Prezidenti Isxak Gersog va uning rafiqasi Mixal Gersogni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yagub Eyyubov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Fariz Rzayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Isxak Gersog ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyev Isroil bilan uchrashib, mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni yuqori baholagan.

“Ozarbayjon ko‘p yillardan buyon Isroilning zamonaviy uskunalariga ega bo‘lib, bu bizga mudofaa qobiliyatimizni oshirish, davlatchiligimizni mustahkamlash, qadriyatlarimiz va hududiy yaxlitligimizni himoya qilishda yordam beradi”, degan Ozarbayjon rahbari.

Isroil Prezidentining tashrifini “tarixiy” deb atagan Ilhom Aliyev isroillik mavqedoshiga zamonaviy Ozarbayjon duch kelayotgan tahdidlar haqida gapirib bergan. Davlat rahbari ikki davlat yaqinda hamkorlik qila boshlagan sohalardan biri bu kiberxavfsizlik ekanini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!