Isroil Livanda peyjerlarni portlatish operasiyasini tayyorlash uchun 15 yil vaqt sarfladi
Isroil 15 yildan beri Livan hududida peyjerlarni portlatish operasiyasini rejalashtirgan.
Bu haqda ABC telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ular yahudiy davlati Livanning turli hududlarida portlagan aloqa moslamalarini ishlab chiqarishda ishtirok etganini tasdiqladi. Buning uchun Isroil peyjerlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta old kompaniyalarni yaratdi. Qolaversa, ushbu korxonalarning ayrim xodimlari aslida kimga ishlaganliklarini ham bilishmagan.
Ushbu tashkilotlardan biri Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan BAC Consulting bo‘lib, shartnoma bo‘yicha Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi brendi ostida peyjerlar ishlab chiqarishi kerak edi, deya qayd etadi ABC. Biroq, Vengriya hukumati vakili telekanalga ushbu qurilmalar Vengriyada yo‘qligini va BAC Consulting faqat "reseller" ekanligini va mamlakatda hech narsa ishlab chiqarmasligini aytdi.
ABC manbalari, shuningdek, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bunday operasiyalarni tinch aholi uchun o‘ta xavfli deb bilishi va shuning uchun o‘z faoliyatida bunday taktikadan voz kechishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 17 va 18 sentyabr kunlari Livanda ko‘plab aloqa vositalari portlashi sodir bo‘lgan edi. Livanning turli hududlarida quyosh panellari va litiy-ionli batareyalar bilan ishlaydigan telfonlar, telefonlar va qurilmalar portladi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba va chorshanba kunlari mamlakatda sodir bo‘lgan portlashlarda 37 kishi halok bo‘lgan, 708 dan ortiq kishi jarohatlangan.