Isroil Indoneziya kasalxonasi atrofidagi ko‘p qavatli uylarning tomlariga snayperlar joylashtirib kasalxona darvozasi oldida har qanday harakatga nisbatan o‘q uzgan

Isroil Indoneziya kasalxonasi atrofidagi ko‘p qavatli uylarning tomlariga snayperlar joylashtirib kasalxona darvozasi oldida har qanday harakatga nisbatan o‘q uzgan

Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi Indoneziya kasalxonasiga hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tibbiyot muassasasi binosining ikkinchi qavati jiddiy shikastlangani va hujumlar oqibatida ikki shifokor yaralangani qayd etilgan.

Hujum tufayli shifoxonada elektr uzilishi yuzaga kelgan. Kasalxonada 650 nafar bemor, jumladan 150 ga yaqin yarador davolanayotgan edi.

Shifoxonani qamal qilgan Isroil kuchlarining atrofdagi ko‘p qavatli uylarning tomlariga snayperlarni joylashtirgani va kasalxona darvozasi oldida har qanday harakat sodir bo‘lganda o‘t ochgani bildirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!