Isroil Husiylar nazorati ostidagi Yamanning Xodeyda portidagi neft saqlash omboriga havo hujumi uyushtirdi

A A A
Isroil Husiylar nazorati ostidagi Yamanning Xodeyda portidagi neft saqlash omboriga havo hujumi uyushtirdi

Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

SAXAL Yamandagi Hodeyda va Ras-Isa port shaharlaridagi husiylar tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilgan ob’ektlarga hujum qilganini e’lon qildi.

"Isroil mudofaa kuchlari neft import qilish uchun foydalaniladigan elektr stansiyalari va portga hujum qildi. Husiylar rejimi ushbu infratuzilma va portlar orqali Eron qurollari va harbiy ta’minotini, jumladan, neftni mintaqaga tashiydi. Zarbalar husiylarning Isroilga hujumlariga javoban amalga oshirildi", deyiladi SAXAL matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!