Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 277 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 277 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 277 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azoning Tel al-Hava hududi, Dayr al-Balah va Nusayrat lageriga shiddatli hujumlar uyushtirdi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 38193 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Tel al-Hava hududida fashistlarga qarshi 4 ta murakkab operasiya o‘tkazdi. Bosqinchilar orasida katta talofatlar bor.

▪️Husiylar Iroq qarshilik kuchlari bilan birgalikda Umm ar-Rashrashdagi bosqinchilarning harbiy obektiga hujum qilishdi.

▪️G‘azo hukumati: Biz xalqimizni ishg‘olchilarning G‘azodan aholini janubga ko‘chirish chaqiriqlaridan ogohlantiramiz. Bu halokatli qotillik tuzog‘i.

▪️G‘azo Baptistlar kasalxonasi: Atrofdagi hududlar kuchli o‘qqa tutilganidan keyin ishg‘olchi armiya bizni kasalxonani yopishga majbur qildi. Barcha bemorlar muassasani tark etishga majbur bo‘ldi.

▪️HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya G‘azo aholisining ommaviy o‘ldirilishi va ko‘chirilishi davom etsa, harakat muzokaralarni to‘xtatishi haqida ogohlantirdi.

▪️MRB direktori Bill Berns hamda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgrek HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarni o‘tkazish maqsadida Misrga keldi. Ular misrlik, iordaniyalik va isroillik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!