Isroil BMT agentlik xodimlarini chiqarib yuborishi mumkin

Isroil BMT agentlik xodimlarini chiqarib yuborishi mumkin

Bosh kotib Antoniu Guterresh SAXALni mojaroda bo‘lgan bolalarni zo‘ravonlik qiluvchilar qora ro‘yxatiga kiritganidan keyin Isroil hukumati BMT agentliklariga qarshi javob choralarini ko‘rmoqda.

Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda.

«Benyamin Netanyaxu hukumati Isroil va Falastin hududida faoliyat yuritayotgan BMT agentliklariga qarshi keng qamrovli choralarni, jumladan, xodimlarni chiqarib yuborishni ham muhokama qildi», — deyiladi nashrda.

Javob choralari BMTning xorijiy xodimlari uchun viza muddatini uzaytirishni sekinlashtirish yoki butunlay to‘xtatishni o‘z ichiga oladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining butun missiyalarini chiqarib yuborishga ruxsat beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!