Isroil askarlari 17 falastinlikni hibsga oldi

Isroil askarlari 17 falastinlikni hibsga oldi

Isroil qo‘shini kecha tunda G‘arbiy sohilning turli hududlarida 17 nafar falastinlikni qamoqqa oldi, deya xabar bermoqda “Anadolu”.

Isroil armiyasi bayonotiga ko‘ra, falastinliklar mahalliy terrorchi guruhlarga a’zolikda shubhalanib qamoqqa olingan. Ular tergovga topshirilgan.

Odatda Isroil polisiyasi yarim tundan oshganda falastinliklarni qamoqqa olish operasiyalarini o‘tkazadi.

Falastinning Asirlar ishi bo‘yicha qo‘mitasi ma’lumotiga qaraganda, hozirda Isroil qamoqxonalarida 5700 nafar falastinlik bo‘lib, ulardan 230 nafari bolalar, 48 nafari ayollardir. Ulardan 1800 tasi kasal va 700 nafari tez tibbiy yordamga muhtoj.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!