Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasini bo‘shatishga majbur qildi

Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasini bo‘shatishga majbur qildi


Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasini barcha ko‘chirilganlar va ko‘pchilik kasallardan majburan bo‘shatdi. Bu haqda G‘azo sektori sog‘liqni saqlash boshqarmasi direktori Munir Al-Bersh ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 650 nafar bemordan atigi 100-120 nafari shifoxonada qolmoqda va ularni evakuasiya qilish uchun BMT bilan kelishish zarur.

"Biz Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi bilan kasalxona inkubatorlarida saqlanayotgan chaqaloqlarni o‘tkazishning oldini olish uchun bog‘landik va tibbiy majmuada besh shifokorni ushlab turishga muvaffaq bo‘ldik" - dedi Bersh.

Direktor Al-Jazira telekanalining jonli efirida telefon orqali Isroil harbiylari kasalxonani evakuasiya qilish bo‘yicha tun bo‘yi muzokara olib borishganini aytdi.

"Kasalxonada boshpana topgan ko‘chirilgan falastinliklar piyoda ketishlarini so‘rashdi va buni qilishlari kerak edi", dedi u.

Bershning aytishicha, kasalxona xodimlari zambil va aravachada olib ketilgan bemorlar bilan birga majmuani tark etgan.

“Kasalxonani tark etgan falastinliklar G‘azo sektorining janubiga yo‘l olishdi. Yonimda o‘tirgan kasallar va yaradorlar og‘riqdan baqirishardi”, — dedi Bersh.

“Al Shifa kasalxonasidagi vaziyat juda yomon. Isroil harbiylari tibbiyot majmuasi hududini doimiy ravishda aylanib chiqadi, snayperlar binolar tomlariga joylashtiriladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!