Ispaniyada ukrainaliklar ishlagan uchta yashirin tamaki zavodi topildi

Ispaniyada ukrainaliklar ishlagan uchta yashirin tamaki zavodi topildi

Ispaniya polisiyasi ham qonuniy qochqinlar, ham noqonuniy ukrainalik muhojirlar og‘ir sharoitlarda ishlagan uchta yashirin tamaki fabrikasini yopib qo‘yganini e’lon qildi.

Bu operasiya davomida Ispaniyaning turli mintaqalarida zudlik bilan 27 kishi hibsga olingan va jami 37,5 million yevrolik 10 tonna tamaki barglari va 3,5 million quti sigaret musodara qilingan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, zavodlarda ishlagan ukrainaliklar o‘z hududidagi sartaroshxonalarda to‘planib, ulardan nariga o‘tishdan qo‘rqishgan. Ular orasida Ispaniyaga qonuniy yo‘l bilan kirgan urushdan qochqinlar ham, mamlakatga noqonuniy kirganlar ham mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!