Ispaniyada koronavirus jinoyatchilarga qo‘l kelmoqda, chunki...

Ispaniyada koronavirus jinoyatchilarga qo‘l kelmoqda, chunki...

Koronavirus epidemiyasi tufayli Ispaniyada karantin e’lon qilingan. Buni qarangki, ayni shu pallada jinoyatchilik ko‘paymoqda.

Polisiya komissari Xose Anxel Gonsalesning aytishicha, jinoyatchilar sog‘liqni saqlash mutaxassisi niqobida aholidan eshikni ochishni so‘rashmoqda.

"Biz o‘tgan hafta bir qator jinoyatchilar turli xizmat vakillari sifatida kvartiralarga kirishgani va jinoyat sodir etishgani, ayrim uy egalarini pichoqlashganini qayd etdik", dedi u onlayn-matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi holatlarda gumondorlar vrach yoki hukumat vakili niqobi ostida uylarga koronavirus uchun tahlil o‘tkazish bahonasi bilan kirishga harakat qilishgan. Bundan tashqari, gumondorlar maskalar va qo‘lqoplarni tarqatish bahonasida eshiklarni ochishni talab qilishgan.

Xose Anxel Gonsales ispanlarni notanishlarga eshiklarni ochmaslikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!