Ispaniyada 7 mingga yaqin harbiy xizmatchi suv toshqini zonalariga joylashtirildi
Kamida 6700 nafar harbiy xizmatchi va Ispaniya milliy polisiyasi va fuqarolik gvardiyasining 6000 nafar a’zosi yog‘ingarchilik va suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga safarbar etilgan.
"Hodisa joyida 42 ta bo‘limning 1700 dan ortiq favqulodda xizmat xodimlari va 6700 nafar harbiy xizmatchilar hozir bo‘lib, ularning soni yaqin soatlarda 7800ga yetadi", - deyiladi yozuvda.
Ta’kidlanishicha, jabrlangan hududlarda elektr ta’minoti 98 foizga tiklangan, “jabrlangan aholining 93 foizi suv bilan ta’minlangan”.
El País gazetasiga ko‘ra, seshanba kuni Ispaniya hukumati keng tarqalgan ofatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun "favqulodda choralar" ko‘rsatilgan farmonni tasdiqlaydi.
29 oktyabr kuni Ispaniya davlat meteorologiya agentligi kuchli yomg‘ir tufayli mamlakatning turli hududlarida ob-havoning keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi.
Qirollikning janubi va sharqida yog‘ingarchilik tufayli ob-havo xavfi maksimal darajaga ko‘tarildi.
Tabiiy ofat eng ko‘p toshqinlar qayd etilgan Valensiya avtonom hamjamiyatiga tushdi.
Ayni paytda deyarli 220 o‘lim ma’lum.
Yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Ob-havo Valensiya infratuzilmasiga ham jiddiy zarar yetkazdi.